Xesh funksiyasi istalgan uzunlikdagi ma'lumotdan qat'iy uzunlikdagi “barmoq izi” yasaydi. SHA-256 har doim 64 ta hex belgi qaytaradi.
terminal
echo -n 'salom' | sha256sum echo -n 'Salom' | sha256sum # bitta harf — butunlay boshqa xesh
- Bir tomonlama: xeshdan asl ma'lumotni hisoblab bo'lmaydi.
- Deterministik: bir xil kirish — har doim bir xil xesh.
- Kichik o'zgarish xeshni butunlay o'zgartiradi.
Saytlar parolni qanday saqlashi kerak?
To'g'ri sayt parolingizni o'zini emas, xeshini saqlaydi. Lekin oddiy SHA-256 yetarli emas: hujumchi mashhur parollar ro'yxatini xeshlab, solishtirib chiqadi (lug'at hujumi).
- Tuz (salt) — har bir parolga qo'shiladigan tasodifiy qator; bir xil parollar har xil xesh beradi.
- Sekin algoritmlar — bcrypt, scrypt, Argon2 — har bir urinishni qimmatlashtiradi.
- Siz uchun xulosa: noyob, uzun parol lug'at hujumiga chidaydi.

