// men haqimda

Salom, men Husanboy

Patchwise'ni men yaratdim — o'zbek tilida kiberxavfsizlikni hamma uchun tushunarli va bepul qilish uchun.

Abdubannobov Husanboy

18 yoshMarg'ilon, Farg'ona, O'zbekiston@habdubannobov

Nega bu saytni yaratdim

Ochig'ini aytsam, buni tan olish qiyin, lekin menimcha, O'zbekistonda odamlarning 70 foizdan ko'prog'i kiberxavfsizlik aslida nima ekanini va xakerlar qanday ishlashini bilmaydi. Ularda fishing va boshqa tahdidlardan o'zini himoya qilish uchun yetarli bilim yo'q.

Natijasini har kuni ko'ramiz: kimdir Telegram'dagi soxta havolani bosib akkauntidan ayriladi, kimdir “bank xodimi”ga SMS kodni aytib, kartasidagi pulni yo'qotadi, kimdir hamma joyda bitta paroldan foydalanadi. Bu odamlar beparvo emas — ularga shunchaki hech kim tushuntirmagan.

Muammoning bir qismi — til. Yaxshi darslarning deyarli hammasi ingliz yoki rus tilida, ko'pincha pullik va boshlovchi uchun murakkab. Kiberxavfsizlikni noldan, oddiy so'zlar bilan va o'zbek tilida o'rgatadigan joyni men topa olmadim.

Shuning uchun Patchwise'ni yaratdim — bu g'oya menda taxminan bir yil oldin paydo bo'lgan edi. Bu yerda har kim fishingni tanishni, kuchli parol tanlashni, ikki bosqichli himoyani yoqishni va xakerlar qanday fikrlashini o'rganadi — zerikarli ma'ruzalar orqali emas, CTF challenge'lari va o'yin orqali.

Patchwise'da nima bor

  • 65 ta CTF challenge — hint va writeup bilan
  • 14 ta dars, har birida quiz va video
  • Brauzerda ishlaydigan Hacker Toolbox
  • O'zbek va ingliz tillarida
  • Hamma narsa bepul — ro'yxatdan o'tish ham, reklama ham yo'q

Bog'lanish

Savol, taklif yoki xato topdingizmi? Telegram'da yozing — xursand bo'laman.

@habdubannobov