Ko'pchilik fayl formatlari qayerda tugashini biladi: PNG IEND bilan, ZIP esa oxiridagi katalog bilan. Dasturlar shu chegaradan keyingi baytlarga qaramaydi — shuning uchun bir faylning oxiriga boshqasini yopishtirish mumkin va asl fayl baribir normal ochiladi.
File carving
Fayl ichidan boshqa fayllarni ularning magic bytes'i bo'yicha qidirib ajratib olish “file carving” deyiladi. Forensika mutaxassislari bu usul bilan o'chirilgan rasmlar va hujjatlarni disk tasviridan tiklashadi.
binwalk rasm.png # ichidagi imzolarni ko'rsatadi binwalk -e rasm.png # topilganlarni ajratib oladi unzip ajratilgan.zip
Steganografiya
Steganografiya xabarni shifrlamaydi — uning borligini yashiradi. Rasm piksellarining eng kichik bitlari, audio shovqini, matndagi qatorlarning birinchi harflari yoki bo'sh joylar — hammasi yashirin kanal bo'la oladi.

