Kompyuter hamma narsani baytlar ko'rinishida saqlaydi. Kodlash (encoding) — bu baytlarni boshqa ko'rinishda yozish usuli. Masalan, matnni faqat oddiy belgilar orqali uzatish kerak bo'lganda.
Muhim farq: kodlashda kalit yo'q. Formatni bilgan har kim uni darhol ortga qaytaradi. Shifrlashda (encryption) esa kalitsiz ochib bo'lmaydi.
Eng ko'p uchraydigan formatlar
- Base64 — harflar, raqamlar,
+va/; oxirida ko'pincha=. Masalan:UEFUQ0g= - Hex — har bayt ikki belgi bilan, faqat
0-9vaa-f.Pharfi =50. - Binary — har bayt sakkizta 0/1:
01010000. - URL encoding — maxsus belgilar
%bilan:{=%7B.
terminal
echo -n 'PATCH' | base64 # UEFUQ0g= echo 'UEFUQ0g=' | base64 -d # PATCH
Agar kimdir “parolni Base64 bilan himoyaladik” desa — bu himoya emas. Base64 ma'lumotni yashirmaydi.
