Metadata — “ma'lumot haqidagi ma'lumot”. Rasm faqat piksellardan iborat emas: unda muallif, kamera modeli, sana va ba'zan GPS koordinatalari ham saqlanadi.
PNG ichida nima bor?
PNG fayl “chunk”lardan tuzilgan: IHDR — o'lcham, IDAT — piksellar, IEND — oxiri. Ixtiyoriy tEXt chunklari esa istalgan matnni saqlay oladi.
terminal
strings -n 6 rasm.png # o'qiladigan matnlar exiftool rasm.png # barcha metadata
Telefon bilan olingan rasmni internetga yuklashdan oldin joylashuv ma'lumotini o'chiring — aks holda uyingiz manzili rasm ichida ketishi mumkin.